Guseriyevlar oilasi Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida yana etakchilikni qo‘lga oldi


Gutserievlar oilasining daromadi yana 2,5 baravarga oshib, 9,8 milliardga yetdi va Forbes jurnalining eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
O‘tgan yili ularga tegishli BIN guruhi banklarni, pensiya jamg‘armalarini, neft kompaniyalarini, umumiy hisobda 1,5 milliard dollarga sotib olgan. Mixail Gutseriev ulgurji neft savdosidan 700 million dollar pul ishlab topgan.
Ikkinchi o‘rinni o‘tgan yilgi kabi Rotenberglar oilasi egallagan. Ular antirossiya sanksiyasi tufayli daromadi kamayib, birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushgan. Uchinchi o‘rinni 2,8 milliard daromad bilan Ananyevlar oilasi, to‘rtinchi o‘rinni 2,4 milliard daromad bilan Shamalovlar oilasi egallagan. “Rossiya” bankining egasi Nikolay Shamalovga 100 million dollar, o‘g‘li Kirill Shamalovga esa 2,3 milliard dollar tegishlidir.
Ro‘yxatdagi 10 oilaning daromadi yil davomida 40 % ga oshgan.































Izohlar 0
…