date
views 117

8 turdagi qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

8 turdagi qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi
Fevral oyida 8 turdagi 1498 o‘ram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabariga ko‘ra, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha 206 ta murojaat kelib tushdi.

Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, tahlillar natijalariga ko‘ra, noqonuniy muomalada bo‘lgan:

- 5958 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;
- 4505 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
- 300 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha nomuvofiq (kontrafakt);
- 726 o‘ram - yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);
- 1498 o‘ram - qalbakilashtirilgan;
- 12 987 o‘ram - umumiy farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 8 turdagi qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi
-->