08:40 / 30.03.2024
712

Zamira Beshimova: “Sobiq erim o‘g‘limning bo‘yniga pichoq tirab, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan”

Zamira Beshimova: “Sobiq erim o‘g‘limning bo‘yniga pichoq tirab, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan”
Taniqli aktrisa Zamira Beshimova “Yashin TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida birinchi turmush o‘rtog‘i bilan nima sababdan ajrashgani haqida so‘zlab berdi.

Birinchi turmush o‘rtog‘im bilan kechgan hayotimni eslagim kelmaydi. Tasavvur qiling, qo‘limda emizikli o‘g‘lim bilan kechasi soat 11-12 larda Toshkent vokzalida vagonlarni orasida bo‘sh vagon izlab yugurib yurganman. Hozir eslasam kinoga o‘xshaydi. Bitta bo‘sh vagon topib, o‘rindiqqa o‘tirib olganman. Bola qo‘rqqanidan rosa yig‘lagan. Mana shu holat hech esimdan chiqmaydi. Ko‘z o‘ngimda qolib ketgan. Shunaqa vaziyat bo‘lganki, men ajrashishdan avval uydan qochib chiqib ketganman.

O‘zimga qilganlariga chidaganman, lekin chaqalog‘imning bo‘yniga pichoq tiraganida bolamni ko‘tarib olib chiqib ketganman. Vokzalga kelib, birinchi qayerga poyezd bo‘lsa, o‘sha yerga ketaman, deb Samarqandga yo‘l olganman va bir oy o‘sha shaharda yashaganman. O‘sha payt xorijdan ish topib, o‘g‘lim bilan chiqib ketmoqchi bo‘lganman. Erimning roziligisiz bolamni chet elga olib chiqolmasligimni bilmaganman.

Toshkentga kelib bilet olib xorijga ketmoqchi bo‘lganimda sobiq erim IIB xodimlari bilan kelgan va “Bolamni mendan olib qochib ketyapti”, deb o‘g‘limni mendan olib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng sudga ajrimga ariza berganman, ular ham ancha ajratishni istamagan. Bolasini o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytganimda uch oyda ajratib yuborgan
.

Aktrisaning aytishicha, hozirda o‘g‘lining o‘z otasi bilan aloqalari yo‘q.

O‘g‘lim hozir 14 yoshda. Ancha katta bo‘lib qoldi, hamma narsani ochiqchasiga gaplashamiz. Otasi bilan gaplashishni istamaydi, aloqalari yo‘q. Ko‘chada ko‘rsam, “Unday qilaman, bunday qilaman”, deydi jahl ustida. Hozir u juda qiziqqon, — deydi Zamira Beshimova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zamira Beshimova: “Sobiq erim o‘g‘limning bo‘yniga pichoq tirab, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan”