20:13 / 02.04.2024
89

Qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda

Qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Chimboy tumani tibbiyot birlashmasidan 21 nafar ishchi xodimlariga jami 83,6 mln. so‘m oylik ish haqlarini undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida Chimboy tumani tibbiyot birlashmasidan undirilishi lozim bo‘lgan jami 83,6 mln. so‘m ish haqi 21 nafar ishchilarga undirib berilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.R. dan undiruvchi S.D.ning foydasiga ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor S.R aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganligi oqibatida uning qarzdorligi 7 mln. so‘mdan oshib ketgan.

Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor S.R. ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tuman sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan qarzdor S.R ga O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 474-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda