Firibgarlik bilan 30 ming AQSH dollari olgan direktor qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat tumanlaridan biridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktorining o‘rinbosarini Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…