12:09 / 05.04.2024
263

Giyohvand modda savdosiga aralashgan Angren shahar IIB JQB xodimi qamoqqa olindi

Giyohvand modda savdosiga aralashgan Angren shahar IIB JQB xodimi qamoqqa olindi
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, 2024 yil 3 mart IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Angren shahrida “Qoradori-24” tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda Angren shahar IIB TQH jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili R.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi ko‘zdan kechirilganda 4 dona qog‘oz o‘ramda bo‘lgan giyohvand moddaga o‘xshash saqichsimon modda topilgan.

2024 yil 4 aprel kuni o‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida ushbu modda gashish giyohvand moddasi ekani aniqlangan.

Dastlabki surishtiruvda tezkor vakil sherigi fuqaro Sh.J. bilan giyohvand moddani sotish uchun saqlab kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan R.Yu. va fuqaro Sh.J.ga nisbatan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 3 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor xodim va uning sherigiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvand modda savdosiga aralashgan Angren shahar IIB JQB xodimi qamoqqa olindi