07:14 / 17.04.2024
131

Yunusobodda daraxtkushlik: tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtga shikast yetkazgan

Yunusobodda daraxtkushlik: tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtga shikast yetkazgan
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16 aprelga o‘tar kechasi bir guruh niqobli shaxslar tomonidan davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida daraxt kesayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi munosabat bildirdi.

Mazkur holat tomonidan nazoratga olinib, ushbu manzilda o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

O‘rganilayotgan ishlari davomida Yunusobod tumani “Mingchinor” MFY hududidagi 16-sonli aholi yashash xonadonlarining orqa qismida noma’lum fuqarolar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan olib tashlangan.

"Tag qismi bilan olib tashlangan safora tegishli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya bo‘limi mas’ullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda ishlov berilib, biologik o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda o‘z o‘rniga qayta ekildi", — deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llash borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda daraxtkushlik: tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtga shikast yetkazgan