17:55 / 17.04.2024
399

Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi

Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi
Kadr: Telegram
Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilotlarning yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, A’zamjonov Muhammadiy 1996 yil Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyada joylashgan SEJONG institutiga o‘qishga kirgan. O‘qish davomida mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy yetakchilari ta’siriga tushgan.

2020 yilning fevral oyida Turkiyaga o‘tib, Istanbul shahridagi madrasada noto‘g‘ri diniy ta’lim olib radikallashgan, oktyabr oyida Suriyadagi “Tavhid val jihod katibasi” jamoatiga qo‘shilgan va jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

Hozirda Suriyaning Idlib shahrida jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani haqida ma’lumot olingan. Huquq tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi