Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aholi punktiga tog‘dan ayiq tushib kelgani, odamlar undan qochib yurgani aks etgan videotasvir tarqaldi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Jannatmakon» MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirishga harakat qilishgan, ammo yirtqich tajovuzkorlikni oshirib, IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shuningdek, 74-sonli maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgan.
«Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiq juda tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda», - deyiladi rasmiy bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”