16:12 / 06.09.2016
9 312

Turkiya prezidenti Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimovaga hamdardlik maktubini yo‘lladi

Turkiya prezidenti Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimovaga hamdardlik maktubini yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning butun O‘zbekistonhukumat xalqini, qolaversa, dunyoning ko‘plab yurtlari istiqomat qilayotgan o‘zbeklarni, qardosh xalqlarni larzaga keltirdi. Buyuk davlat arbobi, siyosatchi, oqil rahbar Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati ko‘plab davlat va hukumat rahbarlaridan ta’ziya maktublari kelmoqda. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga hamdardlik maktublarini yo‘lladi.

Muhtarama Karimova!

O‘zbekiston Prezidenti Karimov janobi oliylarining vafot etganlari meni chuqur qayg‘uga soldi. Siz xonim oliyalariga, oilangizning jami a’zolariga va o‘zbek xalqiga o‘zim va xalqim nomidan chuqur ta’ziya izhor qilaman.

Butun hayotini o‘zbek xalqining va davlatining boqiyligiga va taraqqiyotiga atagan janob Karimov namunaviy boshqaruvchilik sifatlari orqali so‘nggi chorak asrda O‘zbekistonni o‘z mintaqasi va dunyoda muhim davlat maqomiga keltirib, dono rahnamoligida davlatga tinchlik, farovonlik va barqarorlik taqdim etdi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bora chuqur ta’ziya izhor qilib, marhum qardoshim janob Karimovga buyuk Ollohdan rahmat, orqasida qolgan siz suyukli do‘stlarimizga esa sabr tilab qolaman.

Hurmatli Senat raisi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Islom Karimovning vafot etgani meni chuqur qayg‘uga soldi. Siz zoti oliylariga, o‘zbek xalqiga va janob Islom Abdug‘anievich Karimovning oilasiga o‘z nomim va xalqim nomidan chuqur ta’ziya izhor qilaman.

O‘zbekiston janob Karimovning kuchli peshqadamligida so‘nggi chorak asrda muvaffaqiyatli taraqqiy etib, o‘z mintaqasida va dunyoda muhim davlat pozisiyasini egalladi. Turkiya tarixiy do‘sti va qardoshi bo‘lgan O‘zbekiston bilan aloqalarini har sohada rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro platformalardagi hamkorligimizni xalqlarimizning manfaatiga xizmat qiladigan shaklda va o‘zaro ishonch asosida rivojlantirishda davom etishimizga chin qalbdan ishonaman.

Fursatdan foydalanib, yana bir marotaba ta’ziya izhor qilib, Siz janobi oliylariga va qardosh O‘zbek xalqiga o‘zim va xalqim nomidan omonlik, farovonlik tilab qolaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya prezidenti Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimovaga hamdardlik maktubini yo‘lladi