18:30 / 17.05.2024
101

Malayziya bosh vaziri tantanali ravishda kutib olindi

Malayziya bosh vaziri tantanali ravishda kutib olindi
17 may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Malayziya bosh vaziri tantanali ravishda kutib olindi