
© Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatida ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi, deya xabar berdi viloyat matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, viloyatning Uzun tumani hududida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi amalga oshirildi.

© Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.

© Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
“Izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II - eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, hozirda hududda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

© Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarining umumiy soni 8210 tani tashkil etgan, ulardan 4797 tasi arxeologik yodgorliklardir. Arxeologik yodgorliklarning aksariyati respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda ularning 1197 tasi bor.
Surxondaryo ViloyatiO‘zbekiston-XitoyArxeologik EkspeditsiyaTarixiy QoldiqlarIzlanishlar DavomiQadimiy Qabrlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing