Foto: “Daryo”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudya Valisher Karamonov raisligida 50 million so‘mga “uchastka”, 25 million so‘mga “kvartira”, 5 million so‘mga esa yangi avtomobil olib berishni va’da qilib, fuqarolarning salkam 7 milliard so‘m pulini o‘zlashtirgan jinoiy guruh ishi ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur sud jarayonida noodatiy holat kuzatildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.
Sud avvalida OAV vakillarining ochiq sud majlisida qatnashish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini muhokama qilgan sudya faqatgina sudlanuvchilar va ularning advokatiga yuzlanib, jarayon OAVda yoritilishiga munosabatini so‘radi. Ammo jabrlanuvchilardan bu haqda so‘ralmadi. Sudda qatnashayotgan bir nafar advokat bu so‘rovga javoban OAV vakillarining jarayonni yoritish-yoritmasligi haqidagi iltimosnoma taqdirini hal qilishni sud ixtiyoriga qoldirishini bildirdi. Uch nafar sudlanuvchining ikki nafari esa jarayonda OAV vakillarining syomka qilishiga qarshiligini aytdi. Shu ish bo‘yicha sudlanayotgan bloger esa jurnalistlar ishtirokiga qarshi emasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng sudya jarayonni syomka qilishni taqiqladi. Faqat jurnalistlar, operatorlarsiz kuzatuvchi sifatida o‘tirishlari mumkinligi qo‘shimcha qilindi.
Keyin sud majlisi boshlandi. Biroq, prokuror ishtirok etayotgani e’lon qilinsa-da, sud zalida prokuror yo‘q edi. Sud majlisi prokurorsiz davom ettirildi.
Sud majlisi davom etayotgan paytda sudlanuvchilardan biri “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sudlanib, qamalib chiqqan Jamshid Bahodirov sudga 3 ta iltimosnoma kiritganini, hali bunga javob berilmaganini, qo‘shimcha iltimosnomasi borligini gapirdi. Sudya esa bunga javoban jabrlanuvchilarni tinglab bo‘lgach, unga iltimosnoma uchun so‘z berilishini aytdi. Bir oz o‘tib, sudlanuvchi yana izn so‘radi va iltimosnomasini eshitishi kerakligini ta’kidladi. Sudya uni keyinroq tinglashini takrorladi. Uchinchi marotaba sudyaga murojaat qilgan sudlanuvchi sudyaga “otvod” berishini, sudya uni eshitmayotganini, ishni bir tomonlama ko‘rayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, sudyaning adolatiga shubha qilayotganini aytdi.
Bunga javoban sudya mazkur talabni muhokama qilmasligini, faqatgina sudlanuvchini eshitishga tayyorligini, uni jabrlanuvchilarni tinglab bo‘lgach, eshitishini bildirdi. Qolaversa, bunday paytda sudya faoliyatini rad etish o‘rinsizligini qo‘shimcha qildi.
Sud 2024 yilning 3 iyun kuni soat 14:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi