Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig‘ilishi joriy yil 5 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, forum «Yangi sharoitlarda SHHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish» mavzusida o‘tkaziladi.
Unda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, SHHTga a’zo davlatlar milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, SHHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotlarning muloqot bo‘yicha hamkorlari mutaxassislari, SHHT Kotibiyati rahbariyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibi SHHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchta — asosiy sessiya, zamonaviy rivojlanish bosqichida SHHT samaradorligini oshirish va SHHT forumi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokamasini o‘z ichiga oladi.
Forum yakunida SHHTga a’zo davlatlarning tadbir kun tartibidagi masalalar bo‘yicha yondashuv va qarashlari aks etgan yig‘ilish Bayonnomasi imzolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi