O‘zbekiston Prezidentligiga saylovni yorituvchi jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovni yorituvchi jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi
O‘zbekiston Prezidentligiga saylovni yorituvchi jurnalistlarni akkreditasiyadan o‘tkazish boshlandi

9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha mamlakatimiz va chet el jurnalistlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishga ham start berilganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tishi uchun joriy yilning 1 dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov nomiga OAV tashkilotining rasmiy blankasida jurnalistni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;

akkreditatsiyadan o‘tadigan jurnalistning o‘lchami 3,5x4,5 sm bo‘lgan ikki dona fotosurati;

OAV tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, elektron OAV uchun – efirga uzatish litsenziyasining nusxasi, xorijiy jurnalistlar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatning nusxasi.

Ko‘rsatilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lmagan yoki jurnalistning ularga ilova qilinmagan fotosuratlarisiz ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar