Kadr: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida joylashgan Geodeziya va topoxaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mahalliy qurilish firmasiga qarashli 701 metr kvadrat bo‘lgan yer maydonida ko‘p qavatli uy qurish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini vakolatli tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib, oldindan 12,5 ming dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini tayyorlab berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi mansabdor tanishi ham qo‘lga olingan.
O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Samarqand viloyati bo‘limi sud boshqaruvchisi Samarqand shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Samarqand tumanidagi xo‘jalik mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxonani tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.
U korxona faoliyatini tekshirish davomida, amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda 1 milliard 916 million so‘m pul mablag‘i boshqa shaxslarga moliyaviy yordam sifatida o‘tkazib yuborilgani holatini aniqlagan va ushbu pul mablag‘i qaytarilmasdan korxonani bankrot deb e’lon qilish masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga 1,2 ming dollar talab qilgan. Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda sud boshqaruvchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.
O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Buxoro viloyati bo‘limi sud boshqaruvchisi G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Shofirkon tumanidagi bino-inshootlarni qurish va ta’mirlashga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatni tugatishga mas’ul etib tayinlangan.
Lekin u mansab mavqeyini suiiste’mol qilgan holda MCHJ rahbarini ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qayta tekshiruv o‘tkazilmasi hamda davlat reyestridan chiqarishda sud va soliq idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 1000 dollar talab qilib, muqaddam 200 dollar olgan. Sud boshqaruvchisi qolgan 800 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
2023 yilning sentyabr oyida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar qoplangani bois, 2024 yilning yanvar oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining hukmi bilan, unga nisbatan 18 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi rahbari esa o‘zining himoyasida bo‘lgan mazkur sudlanuvchining qarindoshlaridan muqaddam shartnoma asosida 5 million so‘m, shuningdek, shartnomasiz 4,9 ming dollar olgan bo‘lsa-da, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida go‘yoki huquq-tartibot idoralaridagi tanishlariga pul berganini aytib, yana 3 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi