12:15 / 13.09.2016
12 485

Lola Karimova-Tillyaeva Toshkentdagi “Jo‘rabek” masjidi ta’mirlanib, “Islom ota” nomi berilganini aytdi

Lola Karimova-Tillyaeva Toshkentdagi “Jo‘rabek” masjidi ta’mirlanib, “Islom ota” nomi berilganini aytdi

Joriy yilnig 2 sentyabr kuni O‘zbekiston xalqi og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xastalik sabab 78 yoshida olamdan ko‘z yumdi.

Hozirgacha dunyoning ko‘plab mamlakatlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekiston hukumatiga hamda marhumning oila a’zolari – turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillyaeva ta’ziya bildirishmoqda.

Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, O‘zbekiston gimnastika federasyaisining prezidenti Lola Karimova-Tillyaeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Toshkent shahrida o‘tgan yili yonib ketgan “Jo‘rabek” jome’ masjidi qayta tiklangani va u erga “Islom ota” jome’ masjidi nomi berilgani haqida xabar qildi.

Lola Karimova-Tilyayaeva, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, O‘zbekiston gimnastika federasiyasining prezidenti:

Azizlar, Zulhijja oyining ushbu muborak kunlarida xushxabar bilan sizlar ila o‘rtoqlashmoqchiman. Toshkent shahrimizning eng qadimiy masjidlaridan biri bo‘lmish, “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasida joylashgan jome’ masjidining yangilangan binosi qurilishi tez kunlarda nihoyasiga etadi.

Masjidning binosi 2015 yilning bahor oyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida deyarli butkul vayron bo‘lgan edi.

Ushbu masjidni qayta tiklashdek savobli ishni bajarish baxtini men va turmush o‘rtog‘imga nasib aylagani uchun mehribon Parvardigorga beadad shukronalar va hamdu-sanolar aytaman.

Mamlakatimiz diniy ulamolari hamda keng jamoatchilik taklifiga binoan namozgohga “Islom ota” jome’ masjidi nomi berildi.

Olloh taolodan rahmatli otamning diniy qadriyatlarni tiklash, Vatan ozodligi, yurt tinchligi va el farovonligi yo‘lidagi solih amallarini qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olishi hamda oxiratlarini obod etishini iltijo qilamiz.

Masjidni tiklash ishlari o‘tgan yilning so‘ngida boshlanib 9 oy davom etdi. Bugun jome’ masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshgan bo‘lib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kattalashdi. Endi masjidda 560 kishi namoz amallarini ado etishi mumkin.

Masjidning asosiy binosi balandligi 22,1 metrni tashkil etuvchi gumbaz, 36,65 metrlik katta minora va har birining balandligi 10,82 metr bo‘lgan to‘rtta kichik minoralardan iborat.

Majmuaning loyihalashtirish va qayta tiklash ishlarida me’mor va quruvchilar Markaziy Osiyoda masjidlar qurish qoidalariga to‘liq amal qildilar. Masjid binosining ichki va tashqi tomonlaridagi ko‘plab naqshlar ham Markaziy Osiyo me’morchilik maktabi an’analariga mansub holda yaratildi. Masjid ichkarisida gumbaz va devorlarga muqaddas Qur’oni Karim oyatlari malakali hattotlar tomonidan ganch bilan ishlanib yozilgan.

Yangi qurilgan majmuada kutubxona va tahorat xonalari ham barpo etildi. Imkoniyati cheklangan insonlar uchun zarur uskunalar, havoni tozalab beruvchi qurilma va kondisionerlar tizimi moslab o‘rnatildi. Masjid hovlisida dam olish joylari ham yaratildi.

Toshkent shahrining eng eski masjidlaridan biri sanalmish va uch yuz yillik tarixga ega “Islom ota” masjidining qayta tiklanishi – xalqimizning diniy-ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolishga yordam beruvchi chinakam tarixiy hodisadir.

Ajdodlarimizdan qolgan shunday bir ibratli ma’lumot borki, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Toshkent tomon oysiz tunlarda qatnovchi karvonlar qorong‘uda uzoqdan ushbu masjiddan taralib turgan nurni ko‘rib u tomon yurib kelisharkan. Ushbu fayzli dargohda turli yillarda Mulla Nofiy domla, Ishoq Mahdum domla, Ismoil Mahdum domla, Ahmadjon domla va Rahmatilla Qori domla xizmat qilib kelganlar. Bugungi kunda masjidning imom-xatibi vazifasida Abdulhakim Qori domla xizmat qilib kelmoqdalar.

“Islom ota” masjidi bundan keyin ham Islom dinining ezgulik, tinchlik, mehr-muruvvat, rahmdillik, muhtojlarga yordam berish kabi qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi muhim ma’naviy-diniy maskan bo‘lib qolishini Olloh taolodan so‘rab qolamiz.

Ushbu masjidni qayta tiklash ishlarini boshlagan paytimizda, bu tabarruk dargoh otamning olamdan o‘tganlaridan ozgina vaqtdan so‘ng qayta ochilib, unga rahmatli padari buzrukvorimning nomlari berilishini hayolimizga ham keltirmangan edik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillyaeva Toshkentdagi “Jo‘rabek” masjidi ta’mirlanib, “Islom ota” nomi berilganini aytdi