Foto: Telegram / Otabek Umarov
Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Toshkentda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
Telegram jamoasi loyiha asoschisi Pavel Durov va uning akasi Nikolay ayni kunlarda O‘zbekistonda.
"Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada bo‘lish bilan birga, yangiliklardan xabardor bo‘lamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi", — deb yozadi Otabek Umarov.
Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Umarov Pavel va uning yaqinlarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylanganini ta’kidladi.
"Ularning barchasi yuksak darajadagi o‘z ishining ustalari bo‘libgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq bo‘lgan ajoyib insonlar ekaniga shaxsan ishonch hosil qilish — benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi. Bunga juda oz fursat qolganiga ishonaman”, — deya qayd etadi Otabek Umarov.
Iyun boshlarida Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyoda o‘tkazishini e’lon qilgandi.
Keyinroq Telegram asoschisi Pavel Durov Qirg‘izistonga tashrifi aks etgan suratlar va safar taassurotlarini o‘z muxlislari bilan bo‘lishgan edi.
Durov mamlakat haqida nihoyatda iliq fikrlarini bildirgan, Qirg‘iziston tog‘lari yaqinida otda uyushtirgan sayohatini mamnuniyat bilan eslab o‘tgandi.
Otabek Umarov, Telegram asoschisi, Pavel Durov “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?