14:46 / 28.06.2024
84

Angrenda aholidan chiqindini sotib olish tajribasi yo‘lga qo‘yildi

Angrenda aholidan chiqindini sotib olish tajribasi yo‘lga qo‘yildi
Angren shahri “Nurchi” MFYda joylashgan Zero waste davlat xususiy sheriklik bitimi asosidagi sanitar tozalash korxonasiga qarashli hudud aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasida qurildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Angren shahar hokimligi
Qayd etilishicha, bu yerda respublikada ilk bor ilgari surilayotgan — aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan.

“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonga muvofiq, 2024–2026 yillarda – viloyatdagi chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga saralagan holda yig‘ish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi hamda ushbu turdagi chiqindilarni yig‘ish uchun alohida paketlar aholiga bepul berilishi, shuningdek, ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yig‘ish maydonlarida “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari aholidan sotib olinishi belgilangan.

Foto: Angren shahar hokimligi
Zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi qurilishida, asosan, chiqindiga aylangan yuk tashishga mo‘ljallangan konteynerlar, shisha idishlar kabi foydalanishdan chiqarilgan xom ashyolardan foydalanilgan. Chiqindi yig‘ish maydonchasini elektr bilan ta’minlash uchun quyosh panellari o‘rnatilgan. Shoxobchada ishchi-xizmatchi yashashi va ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda aholidan chiqindini sotib olish tajribasi yo‘lga qo‘yildi