Videodan kadr
Toshkentdagi mehmonxonalarning birida janjal ko‘targan qizlarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Aniqlanishicha, uch nafar shaxs N.Sh., Q.G‘., va B.N., jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan 14 iyun kuni soat 05:30 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan Istem 5 star Hotel mehmonxonasi oldida ikki nafar shaxs bilan janjallashib, baqir-chaqir qilib, shu atrofda yashovchi aholining osoyishtaligini buzgan.
“UzNews'ning Toshkent shahar sudlariga tayanib yozishicha, IIB xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida uch nafar huquqbuzar 23 iyun kuni Chilonzor tumani IIO FMBga yetib kelishi to‘g‘risida chaqiruv xati berilgan bo‘lishiga qarmasdan, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Sud qaroriga ko‘ra, N.Sh., Q.G‘., va B.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilishgan deb topilgan va ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi