17:13 / 30.06.2024
215

Andijonda fuqaro bir guruh kishilar tomonidan kaltaklandi

Andijonda fuqaro bir guruh kishilar tomonidan kaltaklandi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismida yotgan odamni bir necha kishi kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, tarqalgan holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar ushlangan. Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-modda 2-qismi “i” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqararligi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda fuqaro bir guruh kishilar tomonidan kaltaklandi