19:53 / 01.07.2024
52

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibiga orden topshirdi

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibiga orden topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Ko‘ksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, A.Guterrishning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga yetishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi.

Bosh kotib O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan global va mintaqaviy ahamiyatga molik keng ko‘lamli islohotlar va tashabbuslarni, shuningdek, BMT institutlarining respublikamizdagi faoliyati kengayishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.

BMT rahbarining xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, global boshqaruv institutlarini isloh qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, "yashil" va raqamli taraqqiyot, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash borasidagi ko‘p yillik sa’y-harakatlari qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibiga orden topshirdi