20:23 / 15.07.2024
72

Zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 mln so‘m to‘laydi

Zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 mln so‘m to‘laydi
Foto: Mirobod tuman hokimligi axborot xizmati
Toshkent shahar Mirobod tumanida zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Avliyo ota ko‘chasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida bir tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan.

Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni qo‘porgan.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 28 million 390 ming so‘m jarima qo‘llandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 mln so‘m to‘laydi