14:25 / 18.07.2024
448

Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi

Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi
Foto: deezer.com
Kun.uz'ning sud idoralaridagi manbasiga ko‘ra, xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, sud qilinadi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish JIB Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

Manbaning keltirishicha, Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 1,5 mln so‘m jarimaga tortilgan. U 2023 yil 15 mart kuni sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Bundan tashqari, Jo‘rayev o‘zining shu kabi harakatlarini davom ettirib, 2023 yil 12 dekabr kuni ham sobiq turmush o‘rtog‘i istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy yoniga borib, uni haqorat qilgan.

Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma’lumot uchun, xonanda Botir Qodirov va marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning farzandlari o‘rtasidagi mojaro fuqarolik sudida ko‘rilmoqda. Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning farzandi ekani haqidagi da’vo bilan, otalikni belgilashni so‘rab sudga ariza kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi