01:46 / 19.07.2024
1 331

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkaziladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, mehnatkash va bag‘rikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, mamlakat istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovlarining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkaziladi