
Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida osma ko‘prikdan yiqilib tushgan qizning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda osma ko‘prikdan o‘tayotgan ikki yigitning qo‘pol hazili ortidan bir qiz pastga tushib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, holat Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi yaqinida yuz bergan.
Sariosiyo IIB xodimiga ko‘ra, osma ko‘prikdan yiqilib tushgan qiz jiddiy shikastlanmagan. “Hozirda u oilasi yonida. Holat bo‘yicha FVB va IIB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, — deydi idora xodimi Ulug‘bek Haqnazarov.
Ta’kidlanishicha, mazkur osma ko‘prik noqonuniy qurilgan bo‘lib, u olib tashlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar