date

O‘zbekistonda 22 iyul kuni havo harorati 41 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 22 iyul kuni havo harorati 41 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” 22 iyul, dushanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 22 iyul kuni havo harorati 41 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda