14:32 / 02.08.2024
139

Andijon hokimining “qo‘llaringdan baloyam kelmaydi” degan gapiga izoh berildi

Andijon hokimining “qo‘llaringdan baloyam kelmaydi” degan gapiga izoh berildi
Tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kimlargadir “mening gaplarimdan kavak qidirmalaring, qo‘llaringdan balo ham kelmaydi”, degan gapni gapirgani va bu jurnalistlarga qaratilgani aytilgan videolar tarqaldi. “Daryo” videoga izoh olish maqsadida Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari bilan bog‘landi.

Hokimning bu gapi boshqa davrada, boshqa insonlarga qaratilgan edi. Tarmoqlarda tarqalayotgan videoda esa jurnalistlar aks etgan. Bu ishni qilgan jurnalist xato qilganini tan olib, videoni o‘zidan o‘chirdi, deydi holatni izohlagan Muslimbek Ibrohimov.

Mas’ul bu video qaysi jurnalist tomonidan tarqatilganiga, shuningdek, viloyat hokimining “mening gaplarimdan kavak qidirmalaring, qo‘llaringdan balo ham kelmaydi”, degan gapi aynan kimga qaratilganiga aniqlik kiritmadi. Bu haqida so‘ragan jurnalistga esa ma’lumotni ochiqlashdan tiyilishini bildirdi.

Muslimbek Ibrohimov, shuningdek, videodagi jurnalistlarning “Dunyo sadolari” festivaliga kiritilmayotgani haqidagi aybloviga ham javob berdi.

"Shu hududda festivalga kirish uchun mana shunday 6 ta kirish eshiklari tashkil qilingan. Biroq jurnalistlar o‘sha kuni tadbir avvalida aynan shu kirish joyiga kelishgan va kiritishlarini talab qilishgan. Milliy gvardiya xodimlari jurnalistlarga kirish eshiklari ko‘pligini, aynan shu joydan xorijlik san’atkorning kirishi rejalashtirilganini, san’atkorning iltimosiga ko‘ra, jurnalistlar san’atkorning chiqishidan oldin uni bezovta qilmasligi uchun shu kirish joyi unga mo‘ljallanganini tushuntirishgan. Shaxsan o‘zim bir qancha jurnalistni festivalga olib kirdim.

OAV vakillarining hududga kirishiga to‘siq bo‘lganda, shuncha materiallar chiqarmidi? San’atkorning iltimosiga ko‘ra, sahnaga chiqquniga qadar uni bezovta qilmaslik so‘ralgan. Sahnadan tushgach, istalgancha intervyu berishga tayyorman degan. Lekin holatdan shaxsan o‘zim xabar topgach, borib aynan o‘sha yerdan hamma jurnalist va OAV vakillarini kiritishlarini tashkil qildim va sahnagacha ularni hammasini kuzatib bordim. Muammosiz ish boshlashdi. Ungacha shu video olingan ekan
", — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon hokimining “qo‘llaringdan baloyam kelmaydi” degan gapiga izoh berildi