22:18 / 04.08.2024
46

Samaqandda kadastr xodimi 1,5 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

Samaqandda kadastr xodimi 1,5 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida fuqarodan yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytib pul olgan kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

30 iyul kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda davlat Kadastr palatasi Past Darg‘om tumani filiali xodimi fuqarodan “Turkman” mahallasida joylashgan yer maydoni hamda unda qurilgan uy-joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga 1,5 ming dollar olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samaqandda kadastr xodimi 1,5 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi