O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 3 sentyabr, seshanba ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 1 sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024 yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Shunday qilib, o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi. 2024/2025-o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.
31 avgust, shanba kuni olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin. Chunki Mehnat kodeksining 187-moddasiga binoan ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.

Izohlar 0
…