23:43 / 08.08.2024
74

Sherzod Asadov: “Mirziyoyev va To‘qayev Markaziy Osiyo o‘zligini yaratishga intilmoqda”

Sherzod Asadov: “Mirziyoyev va To‘qayev Markaziy Osiyo o‘zligini yaratishga intilmoqda”
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifining ahamiyati va natijalari haqida so‘z yuritdi.

To‘g‘risini aytish kerak, aloqalarimiz tarixida turli xil davrlar bo‘lgan. Ham yuksalish, ham nisbatan pasayish bo‘lgan, lekin aynan bugun munosabatlarimiz eng yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Buni hech mubolag‘asiz aytsak bo‘ladi. Bu eng avvalo prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Kemelovich To‘qayevning qat’iy siyosiy irodalari tufayli bo‘lyapti.

Davlat rahbarlarimiz xalqlarimiz bir-biriga qanchalik do‘st va qardosh ekanini chuqur his qilib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikka yangicha ruh, yangicha mazmun olib kirishdi
”, – deydi u.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlar 1-2 yillik davrga emas, endi 10 yillik marralarni olishyapti. Masalan, strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish bo‘yicha 2034 yilga qadar mo‘ljallangan dastur qabul qilinyapti. Bundan tashqari, tovar aylanmamizni 10 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha hukumatlarga bugun qat’iy topshiriq berildi. Tashrif doirasida ishbilarmon doiralar 7 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdilar”, – ta’kidladi prezident matbuot kotibi.

Asadov ikki mamlakat rahbarlarining hamkorlikni chuqurlashtirishga intilishi butun mintaqaga daxldor ekanini ta’kidladi.

Tashrifimiz davomida Olmaotada va Chirchiqda ikki mamlakat oliygohlarining filiallari ochildi. Ostona markazida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. Xabaringiz bor, Toshkentda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay Qo‘nonboyevga haykal o‘rnatilgan. Bugungi Alisher Navoiy haykalining ochilishi ham xalqlarimizning naqadar yaqinligining ifodasi.

Mana shunday jipslik, birdamlik misolida prezidentlar butun mintaqaga namuna ko‘rsatishga, Markaziy Osiyo o‘zligini yaratishga intilmoqdalar. Prezidentlar asosiy maqsad – Markaziy Osiyoni kuchaytirish, jipslashtirish, mintaqada integratsiya va hamkorlikni yana ham chuqurlashtirishga chin dildan intilmoqdalar
”, – dedi Sherzod Asadov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Toshkentda “Ostona”, Ostonada esa “Toshkent” biznes markazlarining ochilishiga ham kelishib olishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Asadov: “Mirziyoyev va To‘qayev Markaziy Osiyo o‘zligini yaratishga intilmoqda”