Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekistonda korrupsiyaga tasnif berilganda porani olgan ham, bergan ham jazolanadi. Ammo aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmayapti. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov gapirdi.
Mulozim korrupsiya masalasiga Ijtimoiy himoya milliy agentligida «Nogironlikni belgilashning samarali mexanizmlari hamda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimini takomillashtirish» mavzusida o‘tkazilgan seminarda to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor.
«Birinchi o‘rinda, rahbariyatda, ya’ni [har bir] tizim boshida turganlarning o‘zida va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak. Men sizga va’da beraman, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida va o‘ylaymanki, Ijtimoiy himoya milliy agentligida ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun xohish juda kuchli», dedi Xudoyorov.
Uning ta’kidlashicha, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bir necha omillarga bog‘liq.
«Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik tarbiyaga bog‘liq, qonundan qanchalik qo‘rqishga va qonunga amalga qilishga bog‘liq. Asosiysi, mening ishimda prinsip bor: xodim korrupsiyaga aralashmasligi, vazifasini to‘liq bajarishi uchun [qilayotgan] ishi o‘ziga yoqishi va o‘sha ishni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi kerak. Biz esa xodimlarga maosh tomondan ham, boshqa tomondan ham sharoit yaratashimiz, ularni asossiz ayblashga bormasligimiz kerak, o‘shanda u ishini vijdonan bajaradi», dedi vazirlik rahbari.
Xudoyorovning qayd qilishicha, O‘zbekistonda aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmayapti.
«Aholiga OAV orqali tushuntirishimiz kerak, O‘zbekistonda korrupsiyaga tasnif berilganda porani olgan ham, bergan ham jazolanadi. Afsuski, aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmayapti», deb qo‘shimcha qildi u va Sog‘liqni saqlash vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyorligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari