862
Gulnora Karimovaning monopoliyasida ishlagan Ravshan Hakimov “TV Markaz” kanalining yopilishini esladi
Boshlovchi Ravshan Hakimov “Daryo” ga bergan intervyusida Gulnora Karimova bilan vaziyat sabab, u faoliyat yuritadigan “TV Markaz” telekanali bir kunda yopilgani haqida gapirib, u yerda ishlagan ijodkorlarga taqiqlar qo‘yilgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
— Gulnora Karimova rahbarimiz bo‘lgan, nihoyatda nozik didli ayol. Ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan, “TV Markaz” ularning biri edi xolos. Ba’zi katta loyihalarida ko‘rinish bermasak-da, televideniyeda ijod qilardik. Kanal faoliyati monopoliya edi, undan boshqa hech bir kanalga musiqiy efirlarni qo‘yish mumkin emasdi. Shu bilan birga ijodkorlar ham maksimal darajada ijod qilardi. Shuning uchun ham uning yopilishi ko‘pchilikni shokka solgan.
Aniq esimda, 2013 yilning 21 oktyabr sanasida rulda ketayotgandim. Ishxonadan qo‘ng‘iroq qilib, telekanalni uzib tashlashgani haqida xabar berishdi. Bu xuddi kimdir kanal faoliyatini shunchaki tokdan uzib tashlagandek gap edi. Efir bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilsam ham xuddi shu javobni oldim. Shunda ham ishonmay ayolimga qo‘ng‘iroq qilib, televizorni yoqib ko‘rishini aytdim. Bu tanaffus paytidagi uzilish emasdi. Buning sababini hech kim bilmaydi. Hamma xuddi mendek shok holatiga tushgandi.
Oradan bir-ikki kun o‘tdi, ammo savollarimizga hech bir rahbar javob berolmadi. Faqatgina “Ishlaymiz, ozgina kutinglar, bazamizni o‘zgartiramiz”, degan gaplar bo‘ldi xolos. Ikki oygacha ishlamasak ham oylik to‘lashdi va dekabr oyida kanal faoliyati rasman tugatilganini ma’lum qilishdi.
Ayrimlar o‘ylaganidek kanal xodimlariga hech qanday taqiqlar bo‘lgani yo‘q. Rasman hech qayerda ishlamayotganimni bilgan tanish-bilishlarning ko‘pchiligi ishga chaqirishdi. Hatto davlat kanallaridan ham takliflar bo‘ldi. Ammo odamlarning orasida AQSHga ketganimdan keyin har xil gaplar tarqaldi. Ularning bari asossiz. “TV Markaz” kanalidan chiqqan hamma boshlovchi bugun o‘z faoliyatini eng nufuzli dargohlarda davom ettirmoqda, — deydi Ravshan Hakimov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi