
2024-2025 oʻquv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari boʻyicha tanlov natijalari e'lon qilindi.
Bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari boʻyicha tanlov natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi.
Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:
— my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” boʻlimiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).
— mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abiturientning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.
— SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abiturientning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).
—Oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar