
Foto: Prokuratura departamenti.
Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilmoqda.
Unda fuqaro G‘.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘istondagi universitetlardan birida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar