Foto: “Dunyo”
Yaponiyalik aktyor Keysuke Minamini O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda yaponiyalik taniqli aktyor va boshlovchi Keysuke Minamini “O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi” etib tayinlash va sertifikatni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Keysuke Minami joriy yilning aprel oyida Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – “Asada! Namadesu tabi sarada”ning O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga oldi. U mazkur loyihani suratga olish uchun mamlakatga amalga oshirilgan ijodiy safari juda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Yapon aktyori Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarining tarixiy obidalari, milliy taomlari, mehmondo‘st xalqi va ushbu hududlarda sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklarni yuqori baholadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha tayyorlangan O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 5 qismli ko‘rsatuv yapon tomoshabinlari orasida ham katta qiziqishga sabab bo‘ldi.
Keysuke Minami bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida elchixona bilan hamkorlikda Yaponiyada mamlakatning turizm salohiyati va O‘zbekiston turizm brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalar chop etish bo‘yicha kelishib olindi.
“O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlanganimdan juda baxtiyorman. Menga bildirilgan ishonch juda katta mas’uliyat hamdir. Hozirgi kunda Yaponiyaning mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi “Tabi sarada”ning boshlovchisi sifatida ham faoliyat olib bormoqdaman. Ushbu ko‘rsatuvning O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum sonlarini suratga olish maqsadida joriy yilning aprel oyida uch hafta mobaynida O‘zbekistonda bo‘ldim.
Tashrif davomida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ochiq ko‘ngilligiga qoyil qoldim. Shuningdek, O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro kabi shaharlaridagi qadimiy obidalarning go‘zalligi meni o‘ziga maftun etdi. O‘zbek milliy taomlari, jumadan, osh menga juda yoqdi. Kelgusida O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtiramiz”, dedi aktyor Minami Keysuke.
Keysuke Minami 1985 yilda Tokio shahrida tug‘ilgan. Yaponiyaning mashhur Vaseda universiteti bitiruvchisi. Bir qancha yapon kino va seriallarida bosh rollarni ijro etgan. Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – “Asada! Namadesu tabi sarada”ning asosiy boshlovchilaridan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, u “Jahon tarixiy merosi” master sertifikatiga ega bo‘lib, “Jahon merosi akademiyasi” (World Heritage Academy) lektori sifatida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi