
Ctatistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 4,2 mln nafar chet ellik sayyohlar kelgan.
Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgani aytilmoqda.
Joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha bo‘lgan:
Qirg‘iziston – 1,2 mln nafar;
Tojikiston – 1,2 mln nafar;
Qozog‘iston – 845,8 ming nafar;
Rossiya – 442,1 ming nafar;
Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
Turkiya – 62 ming nafar;
Xitoy – 35,5 ming nafar;
Hindiston – 33,3 ming nafar;
Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
Italiya – 19,5 ming nafar;
boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar