
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti yuqori tezlikda kelib, oziq-ovqat do‘koniga urildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 3 sentyabr kuni soat 16:20 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Mundiyon” MFY hududidan o‘tuvchi “Zarafshon traktining o‘ng qirg‘og‘i” 4R-48 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Lacetti'ni Kattaming—Kadan yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘lning o‘ngga qiya burilish joyida tezligi yuqori bo‘lgani sababli oziq-ovqat do‘koniga kelib urilgan.
Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar