Olmaotada tanishini politsiya xodimlaridan tortib olishga uringan ayol janjal ko‘tardi (video)

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Naurizbay tumanida, Abishev ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida o‘g‘irlikka urinish holati sodir bo‘ldi. Hodisa 8 oktyabr kuni shahar politsiya departamenti matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.
Huquqni muhofaza qiluvchilarning ma’lum qilishicha, do‘konga ikki nafar erkak kirgan. Ular dastlab alkogolli ichimliklar joylashgan peshtaxta tomon borib, keyin maishiy kimyo mahsulotlari bo‘limiga o‘tgan.
Kassadan o‘tish vaqtida ulardan biri faqat marmelad uchun pul to‘lagan, shampunni esa kiyimi ostiga yashirgan. Do‘kon xodimlari bu holatdan shubhalanib, tovarlarni tekshirgan va politsiya chaqirgan.
Voqea joyiga uchastkavoy inspektor hamda tezkor-tergov guruhi yetib kelgan. Shu payt ushlangan erkakning tanishi bo‘lgan ayol uni politsiya xodimlaridan tortib olishga uringan. U janjal ko‘tarib, huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.
Politsiya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, har ikki erkak hamda ayol Naurizbay tumani politsiya boshqarmasiga olib borilgan.
Endi ularning har biri o‘z harakatlari uchun qonun oldida javob beradi. Hodisaga huquqiy baho qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.






























Izohlar 0
…