
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols 15-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
«Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi. Dastur doirasida O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar