
Majburiy ijro byurosi tashabbusi bilan yo‘l qoidasini buzgan fuqarolarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish hamda avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
9 sentyabr kuni ham Byuroning qidiruv sho‘basi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB vakillari bilan hamkorlikda O‘zbekiston tumanini ko‘chalarida tadbir davomida bir qancha ma’muriy jarimalari mavjud bo‘lgan avtotransportlar jarima maydoniga yo‘naltirildi.
Mana ko‘rib turibsizki Sh.M. ham yo‘l harakati qoidalarini buzib, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan va shu bois uning qarzdorligi 23 549,3 ming so‘mni tashkil etgan. “AUTOCON” tadbiri natijasida fuqaro Sh.M.ga tegishli "ONIX" rusumli qizil toychog‘i jarima maydonchasiga olib kirildi.
Jarimalarni to‘lamasa xoli voy bo‘lishini bilgan fuqaro shu yerning o‘zida 9 ta ma’muriy jarima hamda 1 ta davlat boji to‘lab berildi.
Qolgan jarimalar to‘langandan so‘ng avtotransport vositasi jarima maydonidan chiqarilishi aks xolda avtotransport vositasi auksion savdolariga chiqarilishi tushuntirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar