17:00 / 23.09.2024
59

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan oldin davlatimiz rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.

Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.

Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani ma’lum qilindi.

Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.

Botir Zohidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent moliya institutini, 2008 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Bank sohasida 20 yillik stajga ega.

Botir Zohidov 2020 yildan 2022 yilgacha Markaziy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2022 yilning sentyabr oyida u Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi