13:50 / 25.09.2024
43

O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, prezident tomonidan imzolangan qonunga bilan O‘zbekiston va Turkmaniston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Ashxobod, 2023 yil 4 oktyabr va Toshkent, 2023 yil 30 oktyabr) ratifikatsiya qilindi.

Shuningdek, prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Toshkent, 2021 yil 2 mart va Anqara, 2021 yil 23 mart) ratifikatsiya qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgandi.

Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyev 12 sentyabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi