22:20 / 26.10.2024
35

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
Foto: AFP
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va prezident oldida javobgardir.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston hukumatining a’zolari – bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi