13:48 / 01.11.2024
25

Farg‘ona vodiysida yangi baliq turi kashf etildi

Farg‘ona vodiysida yangi baliq turi kashf etildi
Dzihunia pseudoamudarjensis balig‘i
Foto: Baxtiyor Sheraliyev

O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysi suv havzalaridan fan uchun yangi bo‘lgan yalangbaliq turini kashf etishdi. Bu haqda kashfiyot mualliflaridan biri — biolog-ixtiolog Baxtiyor Sheraliyev xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston, jumladan, Farg‘ona vodiysi suv havzalari gidrobiologik hamda ixtiologik jihatdan to‘la tadqiq etilmagan. Shu bois hududlarda olib borilayotgan chuqur ilmiy tekshiruvlar mobaynida fan uchun yangi bo‘lgan turlar uchramoqda.

Baxtiyor Sheraliyev boshchiligidagi Farg‘ona davlat universiteti ixtiolog olimlari Farg‘ona vodiysi hamda O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi baliqlarning tur tarkibi, biologiyasi va ekologiyasiga oid qator tadqiqotlarni olib bormoqda.

So‘nggi bir necha yilda Markaziy Osiyo suv havzalarini ixtiologik jihatdan tekshirish jarayoni shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada hali o‘zining o‘rganilishini kutib turgan turlar talaygina. O‘tgan yillar mobaynida Shohimardon daryosidan Triplophysa ferganaensis, So‘x daryosidan esa Triplophysa daryoae kabi baliq turlarining kashf etilgani buni tasdiqlaydi. So‘nggi tadqiqotlarimiz natijasi asosida esa Dzihunia pseudoamudarjensis turi kashf etildi. E’tiborli jihati shundaki, kashf etilayotgan turlarning aksariyati mintaqamiz endemiklari hisoblanadi, deydi Baxtiyor Sheraliyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston suv havzalarida qayd etilgan baliq turlari soni 70 ga yaqin bo‘lib, ularning chorak qismini noyob baliq turlari tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona vodiysida yangi baliq turi kashf etildi