Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi S.G. foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor S.S.dan aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro varaqaning ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi aniqlangan. Shuning natijasida uning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi 18 mln. so‘mdan oshib ketgan.
Shu sababli, unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qarzdor S.S. Nukus shahridagi markaziy dehqon bozorida ekanligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, qarzdorga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan va sud tomonidan unga ma’muriy jazo qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Lukashenko ukrainalik generallar taslim bo‘lish uchun unga qo‘ng‘iroq qilishganini aytdi
Mayk Tayson: "Kasalxonada o‘lgandan ko‘ra, ringda o‘lganim afzal"
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi