Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish130
Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, navbatdagi shunday tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi inspektori 43 yoshli M.R. mazkur tumanda yashovchi mahalliy fuqaroning 11,5 million so‘m miqdoridagi soliq qarzini elektron bazadan o‘chirish va qarzdorlik to‘langani xususida soxta hujjat rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan talab qilingan 6 million so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i, Qurolli Kuchlar xizmatchisi 52 yoshli S.I. hamda uning yordamchisi 33 yoshli F.E. o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda Samarqand shahrida yashovchi mahalliy fuqaroning AQSHga ishlash uchun ketgan o‘g‘liga safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagani to‘g‘risida soxta harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 AQSH dollari talab qilgan. Ular kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Shuningdek, Milliy gvardiya Paxtachi tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi 26 yoshli safdor Sh.A. mahalliy fuqaroga «Qoraqo‘ton oltin koni» hududidagi 25-sonli shaxtadan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni qazib olishga sharoit yaratib berish evaziga 8 million so‘m va 600 dollar talab qilib, kelishilgan puldan qolgan 600 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Kadastrlar palatasi Narpay tuman filiali muhandisi 26 yoshli S.Sh. esa mahalliy fuqaroning yaqin qarindoshi nomidagi turar joyga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSH dollari talab qilib, bu pulni olgan vaqtda qilmishi fosh etilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?