Davlat organlarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, «Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024 yil 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Metabolizm sekinlashganining belgilari