Qonunchilikka ko‘ra, ishga tiklash bu mexnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim qonunga xilof tarzda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda uning avvalgi ishga tiklanishi hisoblanadi.
Bunda fuqarolar va ishchi-xodimlarning huquqlari buzilgan taqdirda taraflar manfaati sud va boshqa organlar tomonidan himoyalanadi.
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida sud qarorlari asosida 29 nafar fuqarolarning ishga tiklanishi ta’minlandi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining fuqaro D.A.ni “Qizilqumsement” Jga ishga tiklash haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro D.A. ishga tiklanishi ta’minlandi.
Kelgusida ham Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquqlari himoya qilinib, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya gazining Yevropadagi asosiy xaridorlari ma’lum qilindi