Ekran qarshisida soatlab vaqt o‘tkazayotgan yosh bolalarni ko‘rib, ko‘pchilik o‘ylanib qoladi. Bu ularning salomatligi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Bugun bolalarning ortiqcha telefon ishlatishining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqamiz. Mutaxassislar va ota-onalar uchun bu mavzu dolzarb va muhim.
Bugungi kunda ko‘pchilik bolalar telefon, planshet va boshqa texnologiyalarga ko‘p vaqt ajratmoqda. To‘g‘ri, bu nafaqat ularning quvonishiga, balki jiddiy muammolar manbai bo‘lishi mumkin. Ota-onalar ham farzandi tinchlanishi uchun qo‘liga telefon berib qo‘yadi, ammo sog‘lig‘iga kelayotgan zarar haqida o‘ylamaydi. Mutaxassislar ham buning zararli tomonlari haqida bot-bot takrorlamoqda. Bu haqda sizning fikringiz qanday?
Bugun e’tirozlar sababini va mavzu haqida chuqurroq o‘rganish uchun bolalar shifokori Fotima Xoltayevaga yuzlandik.
Bolaga televizor va telefonlarni kamroq bering
— Televizor va telefonlarni bolalarni o‘z me’yorida ko‘rishi kerak. Masalan, bir kunga o‘n besh-yigirma daqiqa yetadi. Bizda shunday onalar bor, bolaga multfilm qo‘yib berib bemalol ishini qiladi. Telefon haqiqatdan o‘yinchoqqa aylanib qolgan hozir bolalar uchun. Onalar bolani ovutish uchun telefon beradi.
Telefon ekranidan chiqadigan yorug‘lik kichik yoshdagi bolalarda melatonin degan uyqu gormonini bloklaydi. Organizm melatonin ishlab chiqarmasa, uyqu gormoni yo‘q demak, Kortizol ko‘payib ketadi.
Kortizol nima qiladi? Kortizol – organizmda buzilishlarga, xalq tilida aytganda, bu gormon xafa qiluvchi gormon — ko‘proq onkologik kasalliklarni uyg‘otadi. Organizmdagi stresslarga sabab bo‘ladi. Endi shu narsani keng ommaga tushuntirish, telefonni bolalarga cheklash kerak.
Men bitta tomonini aytdim. Telefon haqida juda ko‘p gapirish mumkin, bola atrof-muhitni tanishi kerak. Masalan, telefon o‘ynagandan ko‘ra bolaga ranglarni o‘rgatish, o‘yinchoqlar bilan shug‘ullantirish kerak. Bolani atrof-muhit bilan tanishtirish lozim. Bola telefonni nima qiladi? U o‘sha o‘yinga qarab o‘tiraveradi-da, atrofiga qiziqmay qo‘yadi. Bola yangilikka, siz berayotgan savollaringizga javob bermay qo‘yadi.
Telefon miyani qobiliyatini, bolani yaratuvchanligini, kreativligini, iste’dodini cheklaydigan narsa. Bolani fikrini, diqqatini telefon bilan jalb qilish kerak emas.
Telefon autizm kasalligini keltirib chiqaradimi?
— Autizm bilan telefonni bog‘lash kerak emas. Autizm umuman o‘zi boshqa kasallik. Bu, albatta, o‘sha telefon o‘ynagandan keyin paydo bo‘ldi deyish bu noto‘g‘ri.
Nevropatologlar va nevropsixologlar bolalarning miyasini, bosh miyasining to‘qimalarini zararlanishdan himoya qilishni yaxshi biladilar. Nevrologik holati bo‘lgan bolalarda rivojlanadigan kasalliklar ham ruhiy kasalliklar sifatida tasniflanadi. Shunday kasalliklardan biri — autizm. Autizmga telefondan foydalanish qay darajada ta’sir qiladi, degan savol ko‘pincha muhokama qilinadi. Bu kasallik 100 foiz telefondan kelib chiqadi, deyish noto‘g‘ri, chunki autizm umuman boshqa kasallik.
Ammo telefondan foydalanish autizmning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin, chunki autizmga chalingan bolalar ko‘pincha yolg‘izlik va yakkama-yakka vaqt o‘tkazishni xohlashadi. Ular kontaktdan chetda qolishni istaydi, faqat telefon bilan o‘zlari qolishni istaydi. Bu ma’noda telefondan foydalanish autizm bilan bilvosita bog‘liq bo‘lishi mumkin, lekin bu kasallik telefondan kelib chiqadi degani emas.
Bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun ularning texnologiya bilan o‘tkazadigan vaqtiga e’tibor qaratish juda muhim. Mutaxassislarning maslahatlari yordamida ota-onalar bolalarni ekran oldida o‘tkazadigan vaqtni boshqarishda yordam berishlari kerak. Shuni unutmangki, farzandlarimizning kelajagi uchun har birimiz mas’ulmiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ronaldu YouTube kanalida internetni “portlatadigan” mehmoni kim bo‘lishini aytdi